Qarz

Qarz — bu bir tomon, yaʼni qarzdor, boshqa tomon — qarz beruvchiga olingan yoki vaqtincha foydalanilgan pulni qaytarishi lozim bo‘lgan majburiyatdir. Qarz davlat yoki mamlakat, mahalliy hokimiyat, kompaniya yoki jismoniy shaxs tomonidan olinishi mumkin.
Tijorat qarzlari odatda qaytariladigan asosiy summa (asosiy qarz) va foizni to‘lash muddati hamda miqdorini belgilovchi shartlarga bo‘ysunadi[1].
Kredit, obligatsiya, qarz majburiyatlari (notalar) va ipoteka krediti qarzning asosiy turlariga kiradi. Moliyaviy hisobda qarz aksiyadorlik kapitalidan farqli ravishda moliyaviy operatsiya turi sifatida qaraladi.
Mazkur atama baʼzan ko‘chma maʼnoda ham qo‘llanadi va axloqiy majburiyatlar yoki pul qiymatiga asoslanmagan boshqa munosabatlarni ham ifodalashi mumkin. Masalan, G‘arb madaniyatida kimdir boshqasidan yordam olsa, u ikkinchi shaxs oldida "minnatdorchilik qarzi" bor deb aytiladi.
Etimologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ingliz tilidagi "debt" (qarz) atamasi ilk bor XIII asr oxirlarida qo‘llanilgan bo‘lib, u qadimgi fransuz tili orqali lotincha „debere“ feʼlidan kelib chiqqan. Ushbu feʼl „qarzdor bo‘lmoq; boshqa kishidan biror narsaga ega bo‘lmoq“ degan maʼnoni anglatadi[2]. „Qarzdor“ (debtor) atamasi ham ingliz tilida ilk bor XIII asr boshlarida ishlatilgan.
Atamalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy qarz
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy qarz — bu dastlab investitsiya qilingan yoki qarzga olingan pul miqdori bo‘lib, aynan shu summa asosida foiz va daromadlar hisoblanadi[3].
Qaytarish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qarzlarni qaytarish odatda uch xil asosiy shaklda amalga oshiriladi:
- asosiy qarzning to‘liq summasi kredit muddati oxirida to‘lanadi;
- asosiy qarz kredit muddati davomida bosqichma-bosqich amortizatsiya qilinadi;
- yoki qarz muddati davomida qisman amortizatsiya qilinib, qolgan qismi muddat oxirida „ballon to‘lovi“ sifatida to‘lanadi.
Amortizatsiya asosidagi tuzilmalar ko‘pincha ipoteka va kredit kartalarda qo‘llaniladi.
To‘lovni bajarmaslik (defolt) holatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Har xil turdagi qarzdorlar baʼzan o‘z qarzlarini vaqtida to‘lamasliklari (defolt) mumkin. Buning oqibatlari qarz shartlariga va tegishli hududdagi qonunchilikka bog‘liq bo‘ladi.
Agar qarz maʼlum bir garov (masalan, avtomobil yoki uy) bilan taʼminlangan bo‘lsa, kreditor ushbu garovni qaytarib olishga (musodara qilishga) harakat qilishi mumkin.
Og‘irroq holatlarda esa jismoniy shaxslar yoki kompaniyalar bankrotlik jarayoniga tushib qolishi mumkin.
Qarzdorlar turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jismoniy shaxslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jismoniy shaxslar va uy xo‘jaliklari tomonidan olinadigan qarzlarning keng tarqalgan turlariga ipoteka kreditilari, avtomobil kreditlari, kredit karta qarzlari hamda daromad solig‘i kiradi.
Jismoniy shaxslar uchun qarz — bu hali olinmagan bo‘lsa-da, kutilayotgan daromad va kelajakdagi xarid qobiliyatidan hozir foydalanish vositasidir. Odatda, rivojlangan mamlakatlarda yashovchi odamlar isteʼmol kreditlaridan uy, avtomobil va naqd pul bilan darhol sotib olish qiyin bo‘lgan boshqa qimmat buyumlarni xarid qilish uchun foydalanadilar.
Odamlar mahsulot va xizmatlarni sotib olishda naqd pul o‘rniga kredit kartadan foydalanganda ko‘proq pul sarflashga va qarzga botishga moyil bo‘ladi[4][5][6][7][8] .
Bu holat asosan to‘lovning shaffofligi effekti va isteʼmolchining „to‘lov og‘rig‘i“ (pain of paying) bilan bog‘liq.
Shaffoflik effekti shuni anglatadiki, to‘lov shakli naqd puldan qanchalik uzoq bo‘lsa (masalan, kredit karta orqali), sarflangan mablag‘ shunchalik kam seziladi va odam o‘z xarajatlarini kamroq anglaydi. To‘lov vositasi qanchalik kam shaffof bo‘lsa, shaxs "to‘lov og‘rig‘i"ni shunchalik kam his qiladi va natijada ko‘proq xarajat qilish ehtimoli ortadi.
Bundan tashqari, kredit kartalarning naqd puldan farqli jismoniy ko‘rinishi ularni go‘yoki „Monopoly“ o‘yinidagi pul kabi "haqiqiy emas" deb qabul qilinishiga olib kelishi mumkin, bu esa odamlarni mavjud naqd pul bilan qilinadigan xarajatlarga qaraganda ko‘proq sarflashga undaydi[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Superior Court of Pennsylvania (1894). "Brooke et al versus the City of Philadelphia et al". Weekly Notes of Cases Argued and Determined in the Supreme Court of Pennsylvania, the County Courts of Philadelphia, and the United States District and Circuit Courts for the Eastern District of Pennsylvania (Kay and brother) 34 (18): 348. https://books.google.com/books?id=GUqTAAAAIAAJ.
- ↑ „Debt“. www.etymonline.com. Online Etymology Dictionary. 2017-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-may.
- ↑ Chen, James „Principal“ (en). Investopedia. 2021-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-avgust.
- ↑ Chatterjee, P., & Rose, R. L. (2012). Do payment mechanisms change the way consumers perceive products? (Wayback Machine saytida 2015-09-12 sanasida arxivlangan) Journal of Consumer Research, 38(6), 1129–1139
- ↑ Pettit, N. C., & Sivanathan, N. (2011). The plastic trap. Social Psychological and Personality Science, 2(2), 146-153.
- ↑ Prelec, D. & Loewenstein, G. (1998). The red and the black: Mental accounting of savings and debt. Marketing Science, 17(1), 4-28.
- ↑ Raghubir, P. & Srivastava, J. (2008), Monopoly money: The effect of payment coupling and form on spending behavior. Journal of Experimental Psychology: Applied, 14 (3), 213–25.
- ↑ Soman, D. (2003). The effect of payment transparency on consumption: Quasi experiments from the field. Marketing Letters, 14, 173–183.
- ↑ Chatterjee, P., & Rose, R. L. (2012). Do payment mechanisms change the way consumers perceive products? Journal of Consumer Research, 38(6), 1129–1139.