Alunit
Qiyofa
Alunit (frans. alun — achchiqtosh) — sulfatlar sinfiga mansub mineral. Formulasi- KA13[SOJ2[OH]6. Qattiqligi 3,5-4,5. Sof ogʻirligi 2,6-2,8. Alunit asosan mayda zarrali zich va boʻsh (zichlashmagan) holda uchraydi. Rangi oq, kulrang va qizgʻish. Kristall donalari shishaga oʻxshash yaltiroq. Zich va tuproqsimon agregatlari xira boʻladi. Alunit vulkan jinslarga magmadan chiqqan issiq sulfat oksidli eritmalar taʼsir etishidan hosil boʻladi. Rossiya Federatsiyasi (Uzoq Sharq), Ozarbayjon, Ukrainaning gʻarbida, AQSH, XXR, Avstraliya, Eron, Meksika va boshqa joylarda konlari bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |