Keeping’s cover photo
Keeping

Keeping

Software Development

Tashkent, Yunusabad 40 followers

O'zbekiston biznesi va autsors buxgalterlar uchun onlayn buxgalteriya platformasi

About us

Keeping — bu O'zbekiston IT bozorida 2001 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan RealSoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan onlayn buxgalteriya platformasi. Biz buxgalteriya hisobining barcha asosiy yo'nalishlarini — savdo operatsiyalari, aktivlar, xodimlar va ish haqi, ijara shartnomalari, zayomlar va hisobotlarni — bitta, to'liq onlayn tizimda birlashtiramiz. Tizimga istalgan qurilmadan kirish va ishlash mumkin: ofisda, uyda yoki safarda. Platforma uchta toifadagi foydalanuvchi uchun yaratilgan: → Murakkab buxgalteriya bilimlarisiz ham moliyaviy nazoratni sodda va tushunarli tarzda olib borishni xohlovchi kichik va o'rta biznes egalari → Barcha hisob yo'nalishlarini bitta tizimda birlashtirish zarur bo'lgan yirik korxonalar → Bir nechta mijoz tashkilotni bitta kabinetdan boshqarishi kerak bo'lgan autsors buxgalterlar va buxgalteriya kompaniyalari Keeping'ni ishonchli tanlov qiladigan jihatlar: ✔ Banklar bilan integratsiya va hisobotlarning avtomatik shakllanishi ✔ Telegram bot orqali hujjat aylanmasi va telefondan ERI bilan imzolash ✔ Tier-3 standartiga mos serverlarda saqlanadigan, 24/7 monitoring ostidagi ma'lumotlar ✔ Ma'lumotlarni himoya qiluvchi majburiy ikki bosqichli autentifikatsiya ✔ Bepul texnik qo'llab-quvvatlash ✔ 20 000 dan ortiq ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi, ulardan 10 000 ga yaqini platformadan faol foydalanmoqda Biz buxgalteriya bizni biznesni rivojlantirishga sarflashimiz mumkin bo'lgan vaqtni olib qo'ymasligi kerak deb hisoblaymiz. Keeping rutina ishlarni o'z zimmasiga oladi — siz esa istalgan vaqtda korxonangizning aniq moliyaviy holatini ko'rasiz. Platformadan foydalanishning birinchi oyi — mutlaqo bepul.

Website
https://keeping.uz
Industry
Software Development
Company size
51-200 employees
Headquarters
Tashkent, Yunusabad
Type
Privately Held
Founded
2021
Specialties
Онлайн-бухгалтерия, Бухгалтерский учёт, SaaS, Финтех, Аутсорс-бухгалтерия, Online Accounting, Financial Reporting, Onlayn buxgalteriya, Buxgalteriya hisobi, Autsors buxgalteriya, and Ish haqi hisobi

Employees at Keeping

Locations

Updates

  • O'zbekiston buxgalteriyasi tarixidagi eng katta islohot boshlandi. PQ-282-son qaror kuchga kirdi — va bu har bir buxgalterning ishiga bevosita ta'sir qiladi. Nima o'zgarmoqda? 📌 PIE maqomi joriy etildi — Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestriga 425 ta kompaniya kiritildi (Korzinka, Uzum, Click, Payme, Artel brendlari egalari ham shular qatorida). 📌 Aniq muddatlar belgilandi — reyestrga kirgan kompaniyalar uchun 2027-yildan MHXS (IFRS) asosidagi hisob majburiy, 2028-yil yakunidan esa ochiq audit qilingan hisobot talab etiladi. 📌 Kichik biznes ham unutilmadi — MHXSga uyg'unlashtirilgan yangi milliy standartlar (MHMS) joriy etiladi. 📌 Eng qizig'i: 2026–2028-yillarda ACCA yoki DipIFR imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan buxgalterlarning imtihon xarajatlarini davlat qoplab beradi. Xalqaro malakaga sarmoya kiritish uchun bundan qulay payt bo'lmagan. MHXS va BHMS o'rtasidagi tub farqlar nimada? Adolatli qiymat, «mazmun shakldan ustun» tamoyili va professional mulohaza nima uchun muhim? Yangi qarorning band-band tahlili — blogimizda 👇 🔗 https://lnkd.in/diGE-655 Bu o'zgarishlarga bugun tayyorgarlik ko'rgan mutaxassis ertaga bozorning eng qadrli kadriga aylanadi. #Keeping #MHXS #IFRS #BHMS #buxgalteriya #ACCA #DipIFR #Uzbekistan #accounting #fintech

  • Buxgalteriya ta'limidagi eng katta muammo nima deb o'ylaysiz? Bizningcha — bitiruvchi nazariyani biladi, lekin birinchi ish kunida real tizim oldida qotib qoladi. Diplom bor, tajriba yo'q. Shu bo'shliqni yopish uchun biz ABCO Academy of Finance bilan hamkorlik shartnomasini imzoladik. Endi ABCO'ning «Amaliy buxgalteriya» kursi talabalari hisob yuritish, elektron hujjatlar bilan ishlash va hisobot shakllantirishni Keeping platformasida — haqiqiy ish muhitida o'rganadi. Buning uchun maxsus test (sandbox) muhitini ishga tushirdik: amaliyot va attestatsiya real jarayonlarga ta'sir qilmaydigan xavfsiz sharoitda o'tadi. Hamkorlik o'qish tugashi bilan tugamaydi. Faoliyatini boshlayotgan bitiruvchilarga obunaga 25% chegirma, alohida onbording va ustuvor texnik qo'llab-quvvatlash taqdim etiladi. ABCO — 10 yillik tajriba va 14 000 dan ortiq bitiruvchiga ega akademiya: «Buxgalteriya 0dan» kursidan MSFO, DipIFR va ACCA dasturlarigacha. Biz esa bu tajribaga real platformada ishlash imkoniyatini qo'shamiz. Natija oddiy: talaba o'qish davridayoq ish beruvchi kutayotgan ko'nikma bilan chiqadi. Batafsil: https://lnkd.in/dKPD3-ft #Keeping #Buxgalteriya #Ozbekiston #Fintex #SaaS

  • Buxgalteriya ma'lumotlaringiz qanchalik xavfsiz? Buxgalteriya ma'lumotlari — biznesning eng nozik aktivi. Daromad tarixi, bank operatsiyalari, xodimlar maoshi, kontragentlar ro'yxati... Bularning noto'g'ri qo'lga tushishi nafaqat moliyaviy, balki obro'-e'tibor jihatidan ham jiddiy zarar keltiradi. Keeping'da xavfsizlik — qo'shimcha funksiya emas, balki platformaning poydevori. Yangi maqolamizda tizimni qatlama-qatlam ochib berdik: ✅ Ma'lumotlar O'zbekistondagi Tier-3 standartiga mos serverlarda saqlanadi ✅ Saqlash va uzatishning har bir bosqichida zamonaviy shifrlash ✅ 24/7 doimiy monitoring ✅ Majburiy ikki bosqichli autentifikatsiya Bu qatlamlar birgalikda ko'p bosqichli mudofaa tizimini tashkil etadi — hatto bitta himoya nuqtasi buzilgan taqdirda ham tizim xavfsiz qoladi. Xavfsizlik va qulaylik bir-biriga zid emas. Ularni birgalikda ta'minlash mumkin. Batafsil tahlil — maqolada 👇 https://lnkd.in/dhQESyPc #Keeping #Buxgalteriya #Kiberxavfsizlik #Fintech #Ozbekiston #BiznesYechimlari #DataSecurity

  • Buxgalterlar har oy oxirida yoki hisobot yuboriladigan kunlari nima qiladi? Ertalab 8:00 dan boshlab ekran oldida o'tiradi. Bank ko'chirmalarini qo'lda kiritadi. Raqamlarni solishtiradi — bir marta, ikki marta, yana bir marta. Hujjat topilmaydi — mijozga qo'ng'iroq qiladi. Hisobot shakllantiradi — yana tekshiradi. Kechqurun soat 20:00 — hali tugamagan. Va shunday kunlar keladi — sanalar yaqinlashadi, lekin vaqt yetmaydi. Bu muammo buxgalterda emas. Bu — tizimda. Onlayn buxgalteriya aynan shu muammolarni bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan: 🚀 Banklar bilan to'g'rima-to'g'ri integratsiya ⚡ Barcha buxgalteriya hisobotlari avtomatik shakllanadi 🤖 Hujjatlar Telegram bot orqali bir soniyada yetib keladi 💻 Platforma hsibot yuborish vaqti va ehtimoliy xatoliklarni oldindan ko'rsatadi Batafsil o'qing 👇 https://lnkd.in/dbzX4tCW #Keeping #Buxgalterlar #OnlaynBuxgalteriya #Avtomatlashtirish #Ozbekiston

  • 25 iyun kuni Toshkentda O'zbekiston buxgalter va moliyachilari uchun yilning eng muhim tadbirlaridan biri bo'lgan «Kelajak Buxgalteri 2026» — V Amaliy Buxgalteriya Konferensiyasi bo'lib o'tdi. Keeping tadbirning rasmiy hamkori sifatida ishtirok etdi. 180 dan ortiq mutaxassis va 6 dan ortiq spiker 2026 yildagi soliq o'zgarishlari, buxgalteriyani raqamlashtirish va nafaqa to'lovlari bo'yicha yangi qoidalarni muhokama qildi. Keeping jamoasi «O'zbekistonda buxgalterlikning raqamli transformatsiyasi» mavzusida ma'ruza taqdim etdi va platforma imkoniyatlarini jonli namoyish qildi. Bugungi kunda platformadan 20 000 dan ortiq buxgalter va tadbirkor foydalanmoqda. Barcha tashkilotchilar va ishtirokchilarga minnatdorlik bildiramiz! 🙌 Ushbu tadbir bo'yicha batafsil quyidagi maqola orqali bilib olishingiz mumkin 👇 https://lnkd.in/dRE4YaJ9 #Keeping #Buxgalteriya #Ozbekiston #Konferensiya #Fintex

    • Keeping — «Kelajak Buxgalteri 2026» konferensiyasining rasmiy hamkori
  • Oylik hisobotlarni tayyorlashga necha vaqt sarflaysiz — soatlarmi yoki kunlarmi? Keeping'da bu jarayon bir necha daqiqada amalga oshadi. Platforma real vaqt rejimidagi moliyaviy ko'rsatkichlar bilan Dashboard'ni, ma'lumotlarni avtomatik solishtirishni, banklar va soliq tizimlari bilan integratsiyani, shuningdek Telegram bot orqali hujjatlarni mobil ERI yordamida imzolash imkoniyatini birlashtiradi. Autsorsing buxgalterlar uchun alohida yechim ham mavjud: barcha mijozlar — bitta kabinetda, 1 dan 50 tashkilotgacha bo'lgan portfel uchun moslashuvchan tariflar bilan. Birinchi oy — bepul, va barcha funksiyalarga to'liq kirish huquqi bilan. Imkoniyatlar va tariflar haqida batafsil — maqolada 👇 https://lnkd.in/d79ZAjFn #Keeping #Buxgalteriya #Ozbekiston #Fintex #SaaS

  • View organization page for Keeping

    40 followers

    Nega deyarli barcha buxgalterlar bir xil muammoga duch keladi: oy / yil yakunlanishi yoki buxgalteriya hisobotlari yuboriladigan vaqt nega doimo shoshilinch va stress bilan o'tadi? Ma'lumotlarni qo'lda kiritish, hisobotlarni solishtirish, hujjatlarni qidirish — bu jarayonlar kerakli vaqtdan ancha ko'prog'ini talab qiladi va xato qilish ehtimolini oshiradi. Biz Keeping ushbu muammoni qanday hal qilishini batafsil ko'rib chiqdik: platformaning rivojlanish tarixi va RealSoft jamoasining 21 yillik tajribasidan tortib, mahsulot aniq kimlar uchun ishlab chiqilganigacha — kichik biznes egalaridan tortib yirik korxonalar va bir nechta mijozni yagona kabinetda boshqaruvchi autsorsing buxgalterlargacha. Batafsil ma'lumot — maqolada 👇 https://lnkd.in/d9vQqQsW #Keeping #Buxgalteriya #Ozbekiston #Fintex #SaaS

  • 👋 Keeping bilan tanishing. Buxgalteriya ko'pincha biznesni rivojlantirishga sarflanishi mumkin bo'lgan vaqtni olib qo'yadi: qo'lda ma'lumot kiritish, hisobotlarni solishtirish, oy oxirida hujjat izlash. Biz buni o'zgartirish uchun Keeping'ni ishlab chiqdik. Keeping — bu O'zbekiston IT bozorida 2001 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan RealSoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan onlayn buxgalteriya platformasi. Biz nima taklif etamiz: 📊 Barcha hisob yo'nalishlari bitta tizimda — savdo operatsiyalaridan tortib ish haqi va hisobotgacha 🏦 Banklar bilan integratsiya va hisobotlarning avtomatik shakllanishi 📱 Telegram bot va telefondan hujjat imzolash 🔐 Tier-3 standartidagi serverlarda saqlanadigan, majburiy ikki bosqichli autentifikatsiya bilan himoyalangan ma'lumotlar Platforma kichik va o'rta biznes egalaridan tortib yirik korxonalar va bir nechta mijozni bitta kabinetdan boshqaruvchi autsors buxgalterlargacha — har bir toifaga mos. Bugungi kunda platformadan 20 000 ga yaqin faol foydalanuvchi foydalanmoqda. Yaqin kunlarda biz bu yerda buxgalteriya, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va Keeping vaqtingizni qanday tejab, xavflarni qanday kamaytirishi haqida foydali materiallar bilan bo'lishib boramiz. Birinchi oy — mutlaqo bepul → https://lnkd.in/duUjPtwQ #Keeping #Buxgalteriya #Ozbekiston #Fintex #SaaS

    • Keeping - yangi avlod buxgalteriyasi!

Similar pages