Bosh Sahifa
Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni: 320 227
Yevro-2016 (inglizcha: 2016 UEFA European Football Championship yoki EURO 2016) – Futbol boʻyicha oʻn beshinchi Yevropa chempionati. Musobaqa 2016-yilning 10-iyunidan 10-iyuligacha Fransiyada boʻlib oʻtgan. Mazkur musobaqada Ispaniya amaldagi chempion sifatida ishtirok etgan. Biroq Italiya terma jamoasiga 1/8 finaldayoq magʻlub boʻlib, ispanlar musobaqani tark etishgan. „Stade de France“ stadionida boʻlib oʻtgan final bahsida Portugaliya terma jamoasi Fransiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixida birinchi marta Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan. Birinchi marta Yevropa chempionatining final bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etdi. 1996-yildan beri 16 ta jamoa chempionatning guruh bosqichida ishtirok etib kelayotgan edi. Yangi formatga koʻra, ishtirokchilar toʻrtta jamoadan iborat olti guruhga taqsimlangan. Soʻngra uchta raund va finaldan iborat pley-off bosqichi oʻtkazilgan. Oʻn toʻqqizta jamoa: toʻqqizta saralash guruhining har biridan 1- va 2-oʻrinni egallagan jamoalar va 3-oʻrinni egallagan eng yaxshi 4 ta terma jamoa mezbon Fransiya bilan birgalikda chempionatda qatnashish huquqiga ega boʻlishdi. 2015-yilning noyabr oyida uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida ikki oʻyindan iborat pley-off bahslari oʻtkazilgan va soʻnggi toʻrtta ishtirokchi nomi aniqlab olingan. (Davomi...)
Toshkent mozaikalari — Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida 1960—1980-yillar oraligʻida barpo etilgan monumental mozaika sanʼati namunalari. Mazkur mozaikalar madaniy meros obyekti sanalad Bu mozaikalar shaharning sovet modernizmi ruhida qayta qurilishi jarayonida, ayniqsa, 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin boshlangan keng qamrovli arxitektura va bezak sanʼati dasturlari doirasida vujudga kelgan. Asosan XX asrning 60-yillari oxirida Toshkent shahridagi yangi turarjoy majmualarining devorlariga terib chiqilgan. Mozaikalarning yaratilishi, bir tomondan, shaharga zamonaviy qiyofa berish, ikkinchi tomondan esa mehnat, xalqlar doʻstligi, tinchlik va ilm-fan rivoji kabi ideologiyalarni targʻib qilishga qaratilgan. Sovet Ittifoqi ommaviy monumental mozaikani badiiy mahorat va gʻoyalarni yetkazishning mukammal kombinatsiyasi sifatida koʻrgan. Badiiy ijod erkinligiga cheklovlar mavjud boʻlgan boʻlsa-da, koʻplab rassomlar ushbu sharoitda ham oʻziga xos individual uslublar yaratishga muvaffaq boʻlishgan. (Davomi...)
Filippin 1924-yil 4-maydan 27-iyulgacha Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Bu mamlakatning Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi debyut ishtiroki boʻlgan. Filippin, shuningdek, butun Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari orasida Yozgi Olimpiadada ishtirok etgan ilk mamlakat hisoblanadi. Delegatsiya tarkibida sprinter David Nepomuceno hamda ikki nafar rasmiy shaxslar attashe B. Minelle hamda murabbiy va ijrochi ofitser Regino Ylanan bor edi. Yana ikki nafar sportchi Fortunato Catalon va Juan Taduran ham oʻyinlarda ishtirok etishi kerak edi, ulardan Catalon Parijga yetib kelgan boʻlsa-da, musobaqada qatnashmagan, Taduran esa yelka suyagini sindirib olganligi sababli musobaqada ishtirok eta olmagan. Biroq shunga qaramay, Taduran delegatsiya tarkibida Filippin vakili sifatida oʻyinlarga tashrif buyurgan. (Davomi...)
Soʻnggi tanlangan roʻyxat
Iqtisodiyot boʻyicha Nobel xotirasi mukofoti laureatlari roʻyxati
Bitta oldingi tanlangan roʻyxat
- Gulshan Alimardonova karate boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik sportchiga aylandi.
- Javohir Sindarov (suratda) Shaxmat boʻyicha 2025-yilgi Jahon kubogi sohibi boʻldi.
- Falastin Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan mustaqil davlat sifatida tan olindi.
- Usmon Dembele France Football jurnali tomonidan „Oltin toʻp“ mukofoti bilan taqdirlandi.
- Braziliya Oliy federal sudi sobiq prezident Jair Bolsonaroni 2022-yilgi Braziliya davlat toʻntarishiga urinishdagi ishtiroki uchun 27 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
- Zilzilalarni bashorat qilish metodi haligacha yoʻq.
- Islandiyadagi Eyjafjallajökull muzligi nomini dunyo aholisining 0.005 foizi toʻgʻri ayta oladi.
- Toʻybop qoʻshiqning matnini mashhur qiziqchi yozgan.
- Alfred Nobel nazariy fanlarga qiziqmagani uchun matematika boʻyicha mukofot taʼsis qilmagan (sevgilisi matematik bilan qochib ketgani uchun, degan gap esa afsonadir).
- Ravshan Ermatov futbol boʻyicha jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam sifatida Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan.
- Avtomobil oynalarini qoraytirish — jinoyat emas.
- Kompyuter sichqonini ishlatish mumkin boʻlgan ilk kompyuter Xerox Alto (tasvirda) boʻlgan.

- 1791 — AQSHda huquqlar toʻgʻrisidagi bill kuchga kirdi.
- 1877 — Thomas Edison fonograf ixtirosi uchun patent oldi.
- 1905 — Sankt-Peterburgda Pushkin uyiga (tasvirda) asos solindi.
- 1939 — „Shamollarda qolgan hislarim“ filmi premyerasi.
MediaWiki Viki dasturlash
Meta-Viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus
Vikimanba Ochiq kutubxona
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori
Vikiombor Erkin mediafayllar ombori
Vikiturlar Biologik turlar katalogi
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar