Kontent qismiga oʻtish

Bitom

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bitom (Bytom)— Polsha jan.dagi shahar. Aholisi 222 ming kishi (1990). Yuqori Sileziya aglomeratsiyasida, toshkoʻmirmetallurgiya sanoatining yirik markazi. B.da polimetall ruda konlari bor. Koks ishlab chiqarish, qora metallurgiya, ogir mashinasozlik va kimyo sanoatlari rivojlangan. GES bor. 13— XIV asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Shaharga XI asrda asos solingan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil